“Men haqorat va tuhmat uchun $15 mlrd.lik da’vo qo‘zg‘atishdan faxrlanaman”, dedi AQSh prezidenti.
Unga ko‘ra, sud Florida shtatida bo‘lib o‘tadi.
Shu yilning iyun oyida Tramp CNN va New York Times’ni qattiq tanqid qilgandi. Prezidentning fikricha, ular AQSh HHKning Eron yadroviy ob’ektlariga bergan zarbalarini obro‘sizlantirishga uringan.