Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Donald Tramp muhojirlar tufayli AQShda favqulodda holat e’lon qilishi mumkin

Donald Tramp muhojirlar tufayli AQShda favqulodda holat e’lon qilishi mumkin

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp inaugurasiya marosimidan so‘ng muhojirlarga qarshi kurashish maqsadida AQShda favqulodda holat e’lon qilishi mumkin, deb yozadi Newsweek.

“Donald Tramp o‘zining ommaviy deportasiya siyosatining bir qismi sifatida “milliy favqulodda vaziyat” rejasiga chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, u buni mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan xorijlik jinoyatchilarni deportasiya qilish uchun harbiy resurslardan foydalanishni ta’minlash maqsadida ko‘rib chiqmoqda.

Tramp avvalroq Meksika AQShga muhojirlar oqimi va giyohvand moddalar savdosini cheklamasa, noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportasiya qilish va mazkur mamlakatdan AQShga eksport qilinadigan mahsulotlarga 25 foizdan 100 foizgacha bojlar joriy qilish bilan tahdid qilgan edi, deb xabar beradi ria.ru.

Kiritildi: Bugun 01:22. O'qildi: 440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!