Donald Tramp Eron iltimosiga ko‘ra, elektr stansiyalariga zarba berish qarorini muzlatish uchun berilgan muddatni 7 kundan 10 kunga uzaytirganini ma’lum qildi.
U bu haqda Fox Newsga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Trampning ta’kidlashicha, Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishi nafaqat Yaqin Sharq va Isroil, balki AQSh uchun ham jiddiy tahdid hisoblanadi.
«Agar Eronning yadroviy ob’ektlariga hujum bo‘lmaganida, ular hozirgacha yadroviy qurolga ega bo‘lar edi va uni allaqachon ishlatgan bo‘lardi», — dedi u.