AQSh prezidenti Mayamidagi respublikachi kongressmenlar bilan uchrashuvda Isroilning «Temir gumbaz» tizimiga o‘xshash raketaga qarshi mudofaa tizimi qurishni buyurmoqchi ekanini ma’lum qildi:
«Biz zamonaviy raketaga qarshi mudofaa tizimi – "Temir gumbaz’ni qurishni darhol boshlashimiz kerak. U amerikaliklarni himoya qila oladi."
2011 yilda ishga tushirilganidan beri Isroilning «Temir gumbaz» tizimi minglab raketalarni urib tushirdi. Saylovoldi kampaniyasi davomida Tramp bir necha bor amerikaliklarga ushbu samarali tizimning analogini qurishni va’da qilgan edi.
Biroq, Isroilning raketaga qarshi mudofaa tizimi kichik hududda qisqa masofaga uchadigan taktik raketalarni tutib qolish uchun mo‘ljallangan. Shu sababli, bu tizim AQSh mudofaasi uchun mos emas. Chunki AQSh uchun tahdid xalqaro miqyosdagi strategik yadro raketalari hisoblanadi. Tramp esa bu faktni inobatga olmayapti.