Oval kabinetda o‘tkazilgan marosimda hatto maxsus maktab sinfi tashkil qilindi va Tramp uchun alohida parta qo‘yildi.
"Biz bu vazirlikni imkoni boricha tezroq yopamiz. U bizga hech qanday foyda keltirmayapti", — deya o‘z qaroriga izoh berdi AQSh prezidenti.
"Tramp va ko‘pchilik respublikachilar Ta’lim vazirligini yopishni ancha vaqtdan beri talab qilib kelayotgan edi. Ammo uni to‘liq tugatish uchun Kongressning roziligi kerak bo‘ladi, bu esa juda qiyin", deb yozadi BBC.