Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Donald Tramp 13 mart kuni Vladimir Putin bilan suhbatlashganini ma’lum qildi

Donald Tramp 13 mart kuni Vladimir Putin bilan suhbatlashganini ma’lum qildi

"Kecha biz Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juda yaxshi va samarali muzokaralar o‘tkazdik. Bu dahshatli va qonli urush tugashi uchun juda yaxshi imkoniyatlar bor. Hozirda minglab ukrainalik askarlar rossiyalik qo‘shinlar tomonidan to‘liq qurshovga olingan va juda yomon hamda himoyasiz holatda turishibdi. Men prezident Putindan ularning hayotini saqlab qolishini so‘radim. Bu Ikkinchi jahon urushidan beri ko‘rilmagan dahshatli qirg‘in bo‘ladi. Xudo ularning barchasini asrasin!", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin payshanba kuni kechqurun Kremlda Qo‘shma Shtatlar prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qilganini ma’lum qilgan edi.

Bu Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishganidan buyon Putin bilan o‘tkazgan ikkinchi muloqot hisoblanadi, davlat rahbarlarining birinchi shaxsiy suhbati 12 fevral kuni o‘tkazilgan edi.

Kiritildi: 19:03 14.03.2025. O'qildi: 1094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!