Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Dollarino laqabli mafiya rahbari qo‘lga olindi

Dollarino laqabli mafiya rahbari qo‘lga olindi

Italiya mafiyasining Dollarino laqabi ostida tanilgan rahbari Emanuele Gregorini Kolumbiyada qo‘lga olindi, deb xabar berdi NTK. Dollarino ikki yildan buyon qidiruvda edi.

Uni mamlakat shimolidagi Kartaxenada ushlashdi. Kolumbiya polisiyasi «Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi» deya ta’riflagan Dollarino Janubiy Amerikadan Yevropaga narkotiklar yetkazishda asosiy shaxslardan biri sifatida gumon qilinmoqda. Mafiya rahbarini qo‘lga olish amaliyotida bir nechta mamlakat polisiyasi hamkorlik qildi.

Dollarino Kartaxenada polisiyadan yashirinishga urinmay, emin-erkin yurgani uchun qo‘lga tushdi: do‘konlar, restoranlar va sport zallariga borganida kameralarga tushib qolgan.

U 2020 yilda italyan mafiyasi pullarini yuvishga aloqadorlikda ayblanib Rimda ham hibsga olingandi.

Kiritildi: 04:58 24.03.2025. O'qildi: 1025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!