Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dollar ishlab topgan bo‘lsang, so‘m olasan: qonunchilikdagi o‘zgarishlar

A A A
Dollar ishlab topgan bo‘lsang, so‘m olasan: qonunchilikdagi o‘zgarishlar

O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, chet el valyutasida davromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tadbirkorlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari o‘z hisobvaraqlaridagi mablag‘larni faqat milliy valyutada yechib oladilar (hozirga qadar chet el valyutasida yechib  olishi mumkin bo‘lgan), chet el valyutasidan chet elda foydalanish bundan mustasno.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlariga ularning boshqaruv organlari 2017 yilning 5 sentyabriga qadar tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha hosil bo‘lgan kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilganida hisobdan chiqarilayotgan kreditor qarzdorlik summasiga soliq majburiyatlarini qo‘shib hisoblamaslikka ruxsat berildi.

 

Kiritildi: 14:17 06.09.2019. O'qildi: 4331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!