Rossiya va Xitoy, dunyoning sharqiy va janubiy mamlakatlariga xalqaro to‘lov vositasi sifatida "The Unit" yangi pul birligini taklif qilmoqda, deya xabar beradi RMF FM.
U asosan oltin zaxiralari bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Maqolada qayd etilishicha, Xitoy hozirda dollardan voz kechish, Amerika obligasiyalaridan xalos bo‘lish va oltin zahiralarini to‘plash rejasini izchil amalga oshirmoqda.
Dollarga raqobatbardosh bo‘lishi mumkin kutilayotgan "The Unit" yangi pul birligning chiqarilishi hozircha faqat Rossiyada muhokama qilinmoqda. Agar xabarlar ishonchli bo‘lsa, tafsilotlar kuzda, Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammiti vaqtda ma’lum bo‘lishi mumkin.