Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

15 nafar bola vafot etgani aytilmoqda: “Dok-1 Maks” tabletka va siropi bilan bog‘liq vaziyat o‘rganilmoqda

15 nafar bola vafot etgani aytilmoqda: “Dok-1 Maks” tabletka va siropi bilan bog‘liq vaziyat o‘rganilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgandan so‘ng bemorlarda turli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ushbu vaziyatni darhol nazoratga oldi. Bemorlar ahvolini o‘rganish va holat sabablarini aniqlash maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi.

Uning tarkibiga agentlik hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining malakali mutaxassislari kiritildi.

Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistoning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasiga tegishli “Dok-1 Maks” tabletka va limon va asal ta’mli sirop dori vositalari o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Laboratoriya tahlillari yakunlangach, uning natijalari haqida e’lon qilinadi.

Ushbu dori vositalarining yurtimizdagi savdosi 2022 yil 22 dekabrdan vaqtincha to‘xtatildi va bu haqda “Quramax Medical” MCHJ tomonidan realizasiya qilingan tashkilotlarga xabar yuborildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hujjatga va ma’lumotlarga ko‘ra, yuqoridagi dori vositasidan foydalangan 17 nafar bolaning ahvoli og‘irlashgan, 15 nafari vafot etgan.

“Dok-1 Maks” tabletka va siropidan foydalanmang! 15 nafar bola vafot etgani aytilmoqda

Bu raqamlar borasida hali rasmiy manbalar ma’lumot bergani yo‘q.

Mutasaddi tashkilotlardan bu borada izoh kutib qolamiz.

Kiritildi: 17:17 22.12.2022. O'qildi: 7075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!