Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Dog‘istonda yashin urishi oqibatida cho‘pon va qo‘ylar podasi nobud bo‘ldi

Dog‘istonda yashin urishi oqibatida cho‘pon va qo‘ylar podasi nobud bo‘ldi

Dog‘istonning No‘g‘ay viloyati Shumli-Olik qishlog‘ida 37 yoshli cho‘pon yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant”ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Yashin nafaqat erkakni, balki momaqaldiroq paytida o‘tlab yurgan hayvonlarni ham urgan. Respublika Ichki ishlar vazirligi 50 dan ortiq qo‘y nobud bo‘lganini ma’lum qilgan. Dog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasi 1 iyundan boshlab har kuni aholiga respublikaning turli hududlarida kuchli yomg‘ir, do‘l va momaqaldiroq bo‘lishi, 20–23 metr/sekundgacha kuchli shamol esishi haqida ogohlantirmoqda.

So‘nggi kunlarda respublikaning tog‘li hududlarida sel oqimlari qayd etilib, ayrim aholi punktlari bilan transport aloqasi uzilgan.

Kiritildi: 14:11 20.06.2024. O'qildi: 632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!