Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShning tashqi siyosiy yo‘nalishidagi o‘zgarishlar Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha muloqotning to‘xtab qolishiga sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
«Ular chalg‘igani yo‘q, shunchaki hozir Eron bilan ko‘proq band», — dedi Peskov «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida.
Peskovning ta’kidlashicha, AQShning diqqat-e’tibori Yaqin Sharqqa qaratilgan bir paytda, Rossiya qurolli kuchlari frontning barcha yo‘nalishlarida ilgarilashda davom etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlar xalqaro ekspertlar va hatto Ukraina tomonidan ham tasdiqlanmoqda.