————
Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi 32 yoshli T.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi 20 yoshli N.O. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, N.O. “Telegram” messenjeri orqali T.A.ga o‘zini Dizayner sifatida tanishtirib, unga dizaynerlik xizmatini ko‘rsatishni va’da qilib, ishonchiga kirish orqali oldindan o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga jami 1.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘tkazdirib olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.O.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
🟥 Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.