Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Diskotekada o‘nlab yoshlar yonib ketdi

Diskotekada o‘nlab yoshlar yonib ketdi

Shimoliy Makedoniyaning Kochani shahrida o‘tkazilgan konsertdagi yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 59 nafarga yetdi, 155 kishi jarohat oldi.

Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Panche Toshkovski xabar berdi.

"Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning umumiy soni 59 nafar, ulardan 35 nafarining shaxsi aniqlandi. <...> So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar soni 155 kishiga yetgan. Ular mamlakatning turli shifoxonalarida davolanmoqda. Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar ishtirokini nazorat qilish bo‘yicha oldindan tasdiqlangan reja doirasida konsertda xizmat vazifasini bajarayotgan polisiya xodimi ham halok bo‘ldi," - dedi IIV rahbari.

Shahar shifoxonasi bosh shifokori Kristina Serafimova esa avvalroq Shimoliy Makedoniyaning Kochani shahridagi konsertda yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yoshlarning yoshi 14 dan 25 yoshgacha ekanligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 17:50 16.03.2025. O'qildi: 1116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!