Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Diqqat! Ucell abonentlarni ogohlikka chaqirdi

A A A
Diqqat! Ucell abonentlarni ogohlikka chaqirdi

Mobil firibgarlik holatlari ko‘payganligi sababli, moliyaviy yo‘qotishlarga uchramasligingiz uchun Ucell ogohlikka chaqirdi.

Mobil firibgarlikning eng keng tarqalgan turlari – abonentning shaxsiy hisobidan pul mablag‘larining noqonuniy tarzda yechilishiga olib keluvchi sxemalardir.

«Mobil firibgarlikning oldini olish uchun, iltimos, hamisha ehtiyotkorlik choralarini ko‘rib yuring:

  • Turli yo‘riqnomalarga, so‘rovlarga amal qilishga va/yoki notanish kishilarning ko‘rsatmalari asosida biror ishni bajarishga shoshilmang;
  • Shubhali manbalarga ishonmang;
  • Olingan ma’lumotga aniqlik kiritish uchun Ucell abonentlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting;
  • Notanish xorijiy raqamlarga qaytarib qo‘ng‘iroq qilmang;
  • O‘zingizning shaxsiy ma’lumotlaringizni (pin-kodlar, tasdiqlash kodlari va boshqalarni) birovlarga bermang» — deyiladi xabarda.
Kiritildi: 15:45 25.06.2020. O'qildi: 13036 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!