Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Diqqat! Kirish imtihonlari 14 iyuldan boshlanadi

Diqqat! Kirish imtihonlari 14 iyuldan boshlanadi

2025-2026 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlari 14 iyuldan boshlanib 23 iyulgacha davom etishi ma’lum qilindi. Bilim va malakalarni baholash agentligiga ko‘ra, test sinovlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilishi boshlangan. Agentlik imtihonda qatnashuvchilardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘ragan.

Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

Test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Kiritildi: 15:45 07.07.2025. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!