Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

17 yoshli futbolchi o‘yin vaqtida xotirasini yo‘qotdi

17 yoshli futbolchi o‘yin vaqtida xotirasini yo‘qotdi

"Lechche" bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko A Seriyaning "Milan"ga qarshi o‘yinida (0:2) 17 yoshli hujumchi Franchesko Kamardani tanaffus paytida almashtirishga majbur bo‘lgani haqida izoh berdi.

«Kamarda maydonda nima bo‘lganini eslay olmadi. Undan burchak to‘pi paytidagi harakatlari haqida so‘raganimda, u hech narsani bilmadi. Aynan shu paytda biz xavotirga tushdik. U yana bir nechta tafsilotlarni eslay olmagani uchun men darhol uni almashtirishga qaror qildim», - dedi Di Franchesko.

Futbolchi tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun shifoxonaga yotqizildi.

Kiritildi: 23:29 30.08.2025. O'qildi: 5395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!