Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Diniy ta’lim muassasalarida qabul imtihonlari nechta fandan o‘tkaziladi

Diniy ta’lim muassasalarida qabul imtihonlari nechta fandan o‘tkaziladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi xabariga ko‘ra, 2021-2022 yil Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari quyidagi uchta fanlar bo‘yicha o‘tkazish rejalashtirilmoqda:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga:

  • Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;
  • Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;
  • O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

Hadis ilmi maktabiga:

  • Hadis va Mustalahul hadis (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 3,1 – 93 ball;
  • Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;
  • O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

O‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga:

  • Xorijiy til (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;
  • Tarix (test sinovi) 30 X 2,1 – 63 ball;
  • Ma’naviyat va ma’rifat (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

O‘tgan yili yurtimizda pandemiya sabab O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida qabul imtihonlari 3 ta fandan ikkitaga qisqartirilgan edi. Unga ko‘ra Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga kirish uchun “O‘zbekiston tarixi” va “Fiqh va aqoid” fanlari, Hadis ilmi maktabida “O‘zbekiston tarixi” va “Hadis va Mustalahul hadis” fanlaridan, shuningdek, o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga “Tarix” va “Xorijiy til”bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilgan.

Kiritildi: 17:20 28.05.2021. O'qildi: 2159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!