Vazirlar Mahkamasining "Diniy bag‘rikenglik" ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida" qarori e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ko‘krak nishonini 16 noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni arafasida tantanali topshiradi. Ushbu nishon diniy-ma’rifiy sohaning samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan davlat va jamoat tashkiloti xodimlariga beriladi.