Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Dilshod Yusufaliyev: "Respublikamiz bo‘ylab joylarda rejali o‘chirishlar umuman yo‘q!"

Dilshod Yusufaliyev: "Respublikamiz bo‘ylab joylarda rejali o‘chirishlar umuman yo‘q!"

Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida “Tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishi sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, “Milliy energetika tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 2019 yilda jami 51,6 mlrd kVt/soat elektr energiyasini transportirovka qilish majburiyatini olgan. Yanvar-avgust oylarida 32,9 mlrd kVt/soat elektr energiyasi transportirovka qilingan.

AJ iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Jo‘rayev mahalliylashtirish dasturiga muvofiq joriy yilda 480,5 mln so‘mlik elektr energiya ishlab chiqarish rejalashtirilgani, shundan 8 oy davomida 326,4 mln so‘mlik elektr energiya ishlab chiqarilganini bildirdi.

Jurnalistlar mamlakatimizda elektr energiyasi yetib bormagan hududlar va bu qancha foizni tashkil etishi haqida savol berdi.

“O‘zbekiston hududida elektr energiyasi yetib bormagan joy yo‘q, — dedi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bosh mutaxassisi Dilshod Yusufaliyev. — Hozirda respublikamiz bo‘ylab joylarda rejali o‘chirishlar umuman yo‘q. Lekin avariyaviy o‘chirishlar bor. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidalari mavjud. Unga ko‘ra, uzoq muddatli rejali o‘chirish bo‘ladigan bo‘lsa, iste’molchilar mahalliy hokimlik yoki qishloq fuqarolar yig‘ini vakillari orqali belgilangan tartibda 3 kun oldin ogohlantiriladi”.

Muloqot davomida issiqlik ta’minoti korxonalariga aholi uchun pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida yuzaga keladigan zararni qoplash uchun davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish ko‘zda tutilgani tak’idlandi.

Kiritildi: 22:14 11.09.2019. O'qildi: 1937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!