Taniqli o‘zbek kino va teatr aktrisasi, “Shuhrat” medali sohibi Dilnoza Kubayevaga Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni berildi.
Dilnoza Kubayeva ko‘p yillardan buyon O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritadi.
“Andishali kelinchak”, “Keldiyu, ketdi”, “O‘tkan kunlar”,“Adolat fasli” kabi spektakllarda, “Kelgindi kelin”, “O‘g‘rigina kelin”, “Kechikkan hayot”, “Baron 1,2”, “Isnod”, “Baxt uyi”, “Vasiyat” kabi filmlarda o‘ziga xos rollarni ijro etgan.