AQShning respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Ron Desantis Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishiga qarshi chiqdi.
«Men Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi manfaatlarimizga javob beradi, deb o‘ylamayman. Bu bizga qo‘shimcha majburiyat yuklaydi. Toki biz qo‘shimcha majburiyatga ega bo‘lar ekanmiz, buning evaziga qanday foyda olamiz?” — degan u.