Hukumat qarori[313-son]ga ko‘ra, chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportasiya qilingan fuqarolarga quyidagi ta’sir choralari qo‘llanadi:
▫️deportasiya qilingan fuqaro Migrasiya jamg‘armasi hisobidan qaytarilganda, qaytarish xarajatlarini fuqarodan undirib olish;
▫️Migrasiya jamg‘armasi hisobidan taqdim etilgan subsidiya va kompensasiya summalarini qaytarib undirish;
▫️1 yilgacha muddat davomida rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatmaslik.
Deportasiya qilingan fuqarolar quyidagilar asosida qaytariladi:
▪️ ularning O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaati;
▪️ ular va yaqin qarindoshlarining Migrasiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari, hududiy filiallariga murojaati;
▪️ xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan taqdim etilgan deportasiya qilingan fuqarolar bo‘yicha ma’lumotlar.
Deportasiya qilingan fuqarolar ularning transport xarajatlarini moliyalashtirish orqali qaytariladi.
Fuqaroning moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizasi ijobiy ko‘rib chiqilganidan so‘ng 1 ish kunida Migrasiya agentligi va fuqaro o‘rtasida qarz shartnomasi tuziladi.
Shartnomaga muvofiq moliyaviy yordam olgan shaxs ushbu mablag‘larning o‘rnini 30 kun muddatda qoplashi lozim.