Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Deontey Uaylder - Chjan Chjiley jangi rasman tasdiqlandi

Deontey Uaylder - Chjan Chjiley jangi rasman tasdiqlandi

Buyuk Britaniyaning ikki mashhur promouterlik kompaniyasi Matchroom va Queensberry birgalikda sobiq jahon chempioni ishtirokidagi ushbu jangni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 1 iyun kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkaziladigan prof boks oqshomida superog‘ir vaznda sobiq jahon chempioni, amerikalik Deontey Uaylder (43-3-1, 42 KO) xitoylik Chjan Chjiley (26-2-1, 21 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli Deontey Uaylder so‘nggi jangini o‘tgan yilning dekabr oyida Yangi Zelandiya vakili, sobiq jahon chempioni Jozef Parkerga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan raqibiga yutqazib qo‘ygandi. 40 yoshli Chjan Chjiley esa shu yilning martida aynan Parkerga ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyun kungi professional boks oqshomining markaziy jangi yarimog‘ir vazn (79,4 kg.gacha) toifasi mutlaq jahon chempionligi uchun rossiyalik bokschilar Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:45 17.04.2024. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!