Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Denovlik Dilorom Yo‘ldoshevaga “Mardlik” ordeni tantanali topshirildi

A A A
Denovlik Dilorom Yo‘ldoshevaga “Mardlik” ordeni tantanali topshirildi

Prezidentimiz dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli ro‘yxatiga kirgan Denovlik Dilorom Yo‘ldoshevaning ishlarini e’tirof etdi.

Tahlillar ko‘rsatganidek, ba’zi nogironligi bor insonlarda psixologik bosimlar sababli o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmaydi.

Lekin o‘zida kuch topib, og‘ir vaziyatdan chiqib, qahramonlik ko‘rsatayotgan odamlar ham ko‘pligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli ro‘yxatiga kirgan Denovlik Dilorom Yo‘ldoshevaning ishlarini e’tirof etdi. Bu ayol nogironligi bor bo‘lsa-da, tikuv korxonasini ochib, 40 nafar kambag‘al xotin-qizlarni ishli qildi.

Mana shunday irodali, matonatli insonlarni hammaga o‘rnak qilib ko‘rsatsak, ular bilan har qancha faxrlansak arziydi, – dedi davlatimiz rahbari.

Prezident farmoniga muvofiq, yig‘ilishda Dilorom Yo‘ldoshevaga “Mardlik” ordeni tantanali topshirildi.

Kelgusi yilda bunday insonlar haqida kamida 5 ta motivasion hujjatli va badiiy filmlar suratga olish muhimligi ta’kidlandi.

Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari SH.Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Kiritildi: 13:31 13.12.2024. O'qildi: 1672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!