Bugun soat 01:30 da Denov tumanidagi Olovuddin mahallasida Nexia-3 yuqori bosimli gaz quvuriga urilgan.
Oqibatda tumandagi 3950 ta aholi va 20 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklanadi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.