Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Denovda 800 dona gugurt qutisiga joylangan marixuanani sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Denovda 800 dona gugurt qutisiga joylangan marixuanani sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida 800 dona gugurt qutisiga joylangan giyohvand moddani muomalaga chiqarmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 21 sentyabr kuni Denov tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori-2020» tadbiri davomida Denov tumanida yashovchi 43 yoshli SH.X.ning uyi va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Fuqaro tomorqasidagi anor daraxtlari orasida 6 tup o‘tkir hidli, yashil rangli, nasha giyohvandlik o‘simligiga o‘xshash o‘simliklarni ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, tadbir davom ettirilib fuqaro SH.X.ning yashash uyi xonasi ko‘zdan kechirilganida xona ichida 800 dona gugurt qutiga joylangan yashil rangli, o‘tkir hidli maydalangan o‘simlik barglari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tekshirish uchun tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, SH.X.ning tomorqasidan olingan 6 tup o‘simlik tarkibida faol giyohvand modda nasha ekanligi, SH.X.ning uyi xonasidaln oingan och yashil rangli, o‘tkir hidli quruq holdagi moddalar marixuana bo‘lgan. Olingan moddalarning sof vazni 5,8 kilogramm ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro SH.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni ekish) va 25 orqali 273-moddasi 5-qismi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishida SH.X. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 12:01 26.09.2020. O'qildi: 2231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!