“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Denov tumanida "O.R.I." MCHJga qarashli qurilish korxonasi ob’ektida o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 513 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.