Bugun 17 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Demokrat senatorlar Ilon Maskning Moskva bilan muzokaralarini tekshirishga chaqirdi

 Demokrat senatorlar Ilon Maskning Moskva bilan muzokaralarini tekshirishga chaqirdi



AQSh Senatidagi Demokratik partiya vakillari Jin Shahin va Jek Rid bosh prokuror Merrik Garland va Pentagon bosh inspektori Robert Storchga qo‘shma yo‘llab, milliarder Ilon Mask va Rossiya rasmiylari o‘rtasidagi muloqot faktini tekshirishni talab qilishdi.

Senatorlarning fikricha, SpaceX aerokosmik kompaniyasi AQSh Mudofaa vazirligi va razvedka hamjamiyati bilan qo‘shma loyihalarda ishtirok etayotgan Mask va Rossiya amaldorlari o‘rtasidagi norasmiy muzokaralar Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.

"AQShning asosiy raqibi va hukumatdan milliardlab dollar olgan janob Mask o‘rtasidagi bu munosabatlar unga davlat pudratchisi va xavfsizlik bo‘yicha muhim ma’lumotlardan foydalanuvchi shaxs sifatidagi ishonchga jiddiy savollar tug‘diradi", deyiladi maktubida.

Kiritildi: 19:53 16.11.2024. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!