Delsi Rodriges Karakasdagi Milliy assambleyada Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida qasamyod qildi.
Bu haqda parlamentning jonli efirida aytilgan.
"Men bu yerga Venesuela Bolivar Respublikasi konstitusiyaviy prezidenti Nikolas Maduro Morosning ijrochi vise-prezidenti sifatida qasamyod qilish uchun keldim. Vatanimizga noqonuniy harbiy tajovuz natijasida Venesuyela xalqi boshiga tushgan azob-uqubat tufayli buni alam bilan qilyapman", - dedi Rodriges tantanali marosimda.
Prezident vazifasini bajaruvchi o‘z qasamyodida Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni “AQShda garovga olingan qahramonlar” deb atadi. “O‘z sharafimga qasamyod qilamanki, men Venesuela ozod, suveren va mustaqil davlat sifatida o‘z taqdiriga erishganini ko‘rmagunimcha taslim bo‘lmayman va tinchlanmayman”, — dedi Rodriges.
Avvalroq Venesuela Oliy sudi vise-prezident D.Rodrigesni davlat rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan edi. Bunday qaror Oliy sudning Konstitusiyaviy palatasi tomonidan 2026 yil 3 yanvarda yuz bergan xorijiy harbiy tajovuz va Venesuela konstitusiyaviy prezidenti Nikolas Maduroning o‘g‘irlab ketilishi munosabati bilan qabul qilingan.