Bugun 9 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Dehqonchilik qilish istagidagi yoshlarga yer va pul beriladi

Dehqonchilik qilish istagidagi yoshlarga yer va pul beriladi

Yaqindan bo‘lib o‘tgan yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezidentimiz shu yil dehqonchilik qilish istagidagi yoshlarga 60,5 ming gektar yer ajratilishi haqida so‘z yuritgan edi. Davlat rahbari ushbu yerlarni aholiga yaqin, suvi va unumdorligi yaxshi joylardan ajratib, kooperasiya asosida eksportbop ekinlar ekish muhimligini ta’kidladi.

Qancha maydon ajratish bo‘yicha “mahalla yettiligi” taklif beradi va yer olganlar Agrobankning “Fermerlar maktabi”da o‘qitiladi.

Xo‘sh, bu jarayonda yer ajratish tartibi qanday bo‘ladi?

– Tuman hokimlari yerni suv ta’minoti yaxshi joydan ajratadi, – deydi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutaxassisi MurodillaTurdiyev. – Yerda ekinlar yetishtirish zarur bo‘ladigan mini-texnika, urug‘ va ko‘chatlar sotib olishga esa O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi jamg‘arma subsidiya ajratadi. Mahsulot sotilishini ta’minlash va ortiqcha ovoragarchilikning oldini olish maqsadida dehqon yoshlar eksportchi va qayta ishlovchi tadbirkorlarga kooperasiya asosida biriktiriladi.

Yana bir jihati, meva-sabzavot kooperasiyalariga tijorat banklari orqali 2 mlrd. so‘mgacha kredit ham beriladi.

Joriy yilning 18 yanvarida qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ham bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur farmonda 156 ta tumanda 15 ming 626 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarining onlayn auksion savdosiga chiqarilishi belgilangan, – deydi mutaxassis.

Darhaqiqat, yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi bu kabi ishlar aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Kiritildi: 01:50 28.02.2024. O'qildi: 7371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!