Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Dehqon bozorlarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinadi

Dehqon bozorlarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinadi

“Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
 
🔰 Qarorga ko‘ra, 2021-2023 yillarda O‘zbekistonda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib, jumladan, quyidagilar belgilandi:

👉 2023 yilga qadar xizmatlar hajmini ikki baravarga oshirish;
👉 aholini kasbga o‘qitishdan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oluvchi “kompleks xizmatlar” ko‘rsatishni tashkil etish.

🖥 2021 yil 1 iyuldan respublika hududlarida xizmatlar sohasining rivojlanganligi reytingi joriy etilib, “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida e’lon qilinadi. 

❕Bunda har yarim yilda tegishli tashkilotlar rahbarlari, hokimlarning faoliyati baholanib, natijalari bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lganlari – rag‘batlantiriladi, qoniqarsiz ko‘rsatkichga egalari – intizomiy javobgarlikka tortiladi.

🔘 2021 yil 1 sentyabrga qadar yirik shaharlarda, viloyat va tuman markazlarida tashabbuskor tadbirkorlar bilan hamkorlikda savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etiladi. Ularda:

👉 ko‘chma savdo ob’ektlari uchun joylar tadbirkorlarga elektron onlayn-auksion asosida sotiladi;
👉 barcha tadbirkorlarga jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritish huquqi beriladi.

➡️ Yangi tashkil etiladigan dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinadi.

🏪 Shuningdek, bojxona postlari hududidagi bo‘sh yer uchastkalari hamda tegishli yo‘l-patrul xizmati postlari hududidagi yer uchastkalari tadbirkorlarga savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etish uchun ajratiladi. 

❕2021 yil 1 sentyabrdan masofaviy (onlayn) ta’limga asoslangan nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud bo‘lishi haqida talab bekor qilinadi. 

Kiritildi: 10:01 12.05.2021. O'qildi: 2050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!