Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Dehlida O‘zbekiston va Hindiston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi

Dehlida O‘zbekiston va Hindiston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi

2022-yil 11-may kuni Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar delegasiyalariga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov va Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sanjay Verma boshchilik qildi.


Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning holati hamda rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlarning amalga oshirilishi alohida ko‘rib chiqildi.

Parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish zarurligi ta’kidlandi. Qayd etilganidek, parlamentlararo muloqotni chuqurlashtirish umumiy kun tartibidagi barcha sohalardagi aloqalarni jadallashtirishga xizmat qiladi.

Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qo‘shma investisiyaviy loyihalarni, jumladan, sanoat kooperasiyasini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

BMT, SHHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlikning alohida jihatlari tahlil qilindi.

Sog‘liqni saqlash va farmasevtika sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, “yashil” taraqqiyot, shuningdek, ilm-fan va ta’lim yo‘nalishidagi aloqalarni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Madaniy-gumanitar va sayyohlik almashinuvlarini ko‘paytirish yuzasidan takliflar o‘rganildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini tegishli va amaliy ahamiyatga ega hujjatlar orqali kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Kiritildi: 18:57 11.05.2022. O'qildi: 1823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!