Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz Livanga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuvda hisob ochilmadi. Tomonlar qancha urinishmasin, gol ura olishmadi.
Aksiga olib Davron Hoshimov raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatdi va hakam unga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, maydondan chetlatdi. Xo‘sh, Davronning qo‘polligi kartochkaga arzirmidi? Hakam uni ayashi kerakmidi yeki? Bunga o‘zingiz baho bering.