Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Davolanishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning davolanishi uchun 30 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Davolanishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning davolanishi uchun 30 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Davolanishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning davolanishi uchun 30 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorda belgilab qo‘yildi. Shuningdek:

📌 Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi har yili AT «Xalq banki»ga 100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larni 2021 yilda Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada, 2022 yildan boshlab esa Markaziy bank asosiy stavkasida yo‘naltiradi;

📌 quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlarga mazkur mablag‘lar hisobidan tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yilgacha muddat va 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasida bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorda kreditlar ajratiladi:

🔘 Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ma’qullangan dasturlar asosida tashkil etilgan o‘quv kurslarini;

🔘 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «Ishga marhamat» monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o‘qitish maskanlari hamda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat ta’lim muassasalarining kasbga o‘rgatish o‘quv kurslari maxsus o‘qitish dasturlarini;

📌 ajratiladigan kreditlar, istisno tariqasida, 2022 yil 1 yanvarga qadar Markaziy bank asosiy stavkasi doirasida, 2022 yil 1 yanvardan tijorat banki tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda belgilanadigan stavkalarda beriladi. Bunda, tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda belgilanadigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlari bir qismini kompensasiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi;

📌 Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi orqali Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi «Obod va xavfsiz mahalla» jamg‘armasiga va «Mahalla va oila» institutiga Davlat byudjetidan ajratib kelingan mablag‘lar 2021 yildan boshlab Moliya vazirligi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri «Obod va xavfsiz mahalla» jamg‘armasiga va «Mahalla va oila» institutiga ajratiladi.

〰️〰️〰️
Moliya vazirligi:

✅ 2021 yilda «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida, ularga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga:

💰 noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan ta’minlashga — 10 milliard so‘mdan;

💰 otasidan ayrilgan, yolg‘iz onasi qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga — 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratadi;

✅ bir hafta muddatda ayollar muammolarini tizimli va manzilli ravishda o‘rganish va hal etish doirasida shakllantirilgan maxsus jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish orqali davolanishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar ro‘yxatidagi hamda «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan xotin-qizlar davolanishi uchun Jamg‘armaga 30 milliard so‘m yo‘naltiradi. 

Kiritildi: 13:02 06.03.2021. O'qildi: 2302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!