Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Davlatobod tumani hokimi o‘rinbosari 28 yoshida vafot etdi

A A A
Davlatobod tumani hokimi o‘rinbosari 28 yoshida vafot etdi

Namangan shahri Davlatobod tumani hokimning innovasiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurasul Qayumov vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, u nafas yetishmovchiligi sababli Respublika ko‘p tarmoqli shoshilinch tibbiy yordam markazi Namangan filialida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Abdurasul Qayumov 1995 yil Namangan shahrida tug‘ilgan. 2018 yil Malayziyaning LimKokWing ijodiy texnologiya universiteti (kunduzgi) tamomlagan.

2022 yilning 16 avgustida Davlatobod tuman hokimining innovasiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bungacha hokimlikda investisiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.

Kiritildi: 13:08 27.02.2023. O'qildi: 2323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!