Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Davlat xizmatlari markazida ilk abituriyentdan hujjat qabul qilindi (foto)

Davlat xizmatlari markazida ilk abituriyentdan hujjat qabul qilindi (foto)

Namangandagi davlat xizmatlari markazida ilk abituriyentdan hujjat qabul qilindi. Bu haqda «Daryo»ga DXA viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi Dilnoza Zokirova ma’lum qildi.

Mingbuloq tuman davlat xizmatlar markaziga shu tumandagi «Chordona» mahallasida yashovchi Dostonbek Mirzaqulov Farg‘ona Davlat universitetiga hujjat topshirish uchun murojaat qildi. Uning hujjatlari markaz xodimlari tomonidan qabul qilib olinib, 5 daqiqada ko‘rib chiqildi va Doston abituriyentga aylandi.

— O‘tgan yili ham shu universitetga hujjat topshirgan, biroq omadim chopmagandi. Buning uchun bir hafta vaqtim ketgan, ikki marta Farg‘onaga qatnagandim. Shuni eslab, bu yil Davlat xizmatlari markazida ko‘rsatilgan tezkor xizmatdan mamnun bo‘ldim, — deydi Doston.

Markazda Dostonbek Mirzaqulovga uchta OTMga hujjat topshirish imkoniyati borligi haqida ham tushuncha berildi.

Kiritildi: 17:54 18.06.2019. O'qildi: 2711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!