Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Davlat xizmatlari agentligi: Bunday provokasiyalarga yo‘l qo‘ymaylik!

Davlat xizmatlari agentligi: Bunday provokasiyalarga yo‘l qo‘ymaylik!

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat xizmatlari markazining “Damas” rusumli xizmat avtomobilining fotosurati tarqaldi. Bu haqda "Xalq so‘zi onlayn" yozmoqda.

Mazkur avtoulov orqali DXMlarga shaxsan tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar, shuningdek, chekka hududlarda joylashgan aholi punktlarida istiqomat qiluvchi shaxslar uchun sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

“Ikki og‘iz” jumlaning noto‘g‘ri qo‘llanishi har qanday fotosuratni turlicha tushunishga olib kelishi sir emas. Ushbu vaziyatda ham shu kabi tushunmovchilik yuzaga keldi.

Mazkur holat noto‘g‘ri talqin qilinmasligi uchun Davlat xizmatlari agentligi aniqlik kiritmoqda:

Mustaqillik kuni arafasida Davlat xizmatlari markazlari Respublika bo‘ylab ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun zaruriy yordam va birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy aksiyalarni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishdi. Tabiiyki, mazkur xayrli ishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi xodimlari ham ishtirok etdilar.

Fotosuratda ko‘rinib turganidek, Chimboy tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari keyinchalik ehtiyojmand fuqarolarga yetkazish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishmoqda.

Ba’zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu holatni noto‘g‘ri talqin etib, o‘zlaricha "shov-shuv" yasamoqchi bo‘lgan. Bunday provokasiyalarga yo‘l qo‘ymaylik!

Kiritildi: 13:57 06.09.2019. O'qildi: 2220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!