Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Davlat xizmatini rivojlantirishga qaratilgan jami 19 ta normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi

Davlat xizmatini rivojlantirishga qaratilgan jami 19 ta normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma’lum qildi.

⚡️Vacancy.argos.uz portali orqali 70 ta vazirlik va idora hamda barcha tuman (shahar) hokimliklaridagi vakansiyalar bo‘yicha jami 35 214 ta tanlov o‘tkazildi, ularda 1 mln 110 mingdan ortiq nomzodlar qatnashdi. Tanlovlar natijasida nomzodlarning 18 813 nafari ishga qabul qilindi.

⚡️Tanlov g‘oliblarining 6 737 nafari 30 yoshgacha bo‘lganlar, 6 615 nafari ayollar, 3 047 nafari davlat xizmatiga birinchi marotaba qabul qilinganlarni tashkil etadi.

⚡️Shuningdek, portal orqali vazirlik va idoralar tizimidagi tashkilotlardagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan 8 850 dan ortiq vakant lavozimga tanlov e’lon qilinib, 3 398 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar turli darajadagi lavozimlarga ishga qabul qilindi.

⚡️2 534 ta tashkilotlar “hrm.argos.uz” elektron platformasiga ulandi hamda 94 mingga yaqin davlat xizmatchilarining ma’lumotlari raqamlashtirildi va 339 mingdan ortiq kadrlarga oid idoraviy hujjatlar tizim orqali qabul qilindi.

⚡️Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan Yagona onlayn masofaviy ta’lim “edu.argos.uz” platformasi joriy etildi.

Kiritildi: 15:25 22.01.2025. O'qildi: 1140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!