Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi holatlariga chek qo‘yilmoqda

Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi holatlariga chek qo‘yilmoqda

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlarda davlat fuqarolik xizmatchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan qonun ijrosi doirasida vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, Agentlik tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar, Energetika vazirliklari va ularning tizimidagi tashkilotlari o‘rganilganda, 160 nafar boshqaruv xodimi 170 tadbirkorlik sub’ektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi.

Jumladan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 72 nafar xodimi 79 ta, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 59 nafar xodimi 60 ta, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 22 nafar xodimi 23 ta, Energetika vazirligining 7 nafar xodimi 8 ta tadbirkorlik sub’ektida ta’sischi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha mazkur vazirliklarga Agentlikning taqdimnomalari kiritildi.

O‘z navbatida, vazirliklar tomonidan taqdimnomalar tanqidiy muhokama qilingan holda tadbirkorlik sub’ektlarida ta’sischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari hozirda bartaraf etilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!