Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

“Davlat xaridlarida nazorat” sahifasi joriy etiladi

 “Davlat xaridlarida nazorat” sahifasi joriy etiladi

📋 Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan:

🔸 davlat buyurtmachilarining xarid rejalari e’lon qilingandan keyin ushbu ma’lumotlar avtomatik ravishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga elektron xabarnoma tarzida yuboriladi;

🔸 byudjet buyurtmachilari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan mahalliy auksion savdolarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

🔸 boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksionda 1 ta tadbirkor ishtirok etgan taqdirda, auksion o‘tkazilgan deb hisoblanadi.

❇️ 2026 yil 1 iyuldan quyidagilar joriy etiladi:

➖ davlat xaridlariga oid takliflarni davlat xaridlari elektron tizimi orqali faqat elektron shaklda baholash;
➖ davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qiluvchi shaxslarga ishonchnomalarni davlat xaridlari elektron tizimi orqali elektron ko‘rinishda rasmiylashtirish.

🗓 Quyidagi mexanizmlarni nazarda tutuvchi “Davlat xaridlarida nazorat” sahifasi joriy etiladi:

▫️ davlat xaridlari sohasiga oid huquqbuzarliklar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning yagona tasnifini shakllantirish;
▫️ xavf-xatarlarni toifalarga ajratish, shuningdek, ularni avtomatik aniqlash va xabardor qilish;
▫️ davlat buyurtmachilarini sodir etgan huquqbuzarliklariga ko‘ra toifalarga ajratish;
▫️ davlat xaridlarida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi “Xaridlarda KPI” raqamli reytingini joriy qilish.

Kiritildi: Bugun 18:50. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!