Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirum aniqlangan

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirum aniqlangan

Ommaviy axborot vositalarida Davlat soliq qo‘mitasining ikki xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlaganligi haqida xabar tarqaldi.

Davlat soliq qo‘mitasi mazkur xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot beradi:

koronavirus infeksiyasi poytaxtning boshqa tumanida joylashgan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida aniqlangan, xabarda keltirilganidek Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati bo‘lim boshlig‘i va uning haydovchisida emas.

DSQ xodimlari infeksiya aniqlangan odam bilan aloqada bo‘lishlari mumkinligini hisobga olib, koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida hozirda butun Markaziy apparat xodimlari COVID19 ga test topshirmoqda.

Ta’kidlash lozimki, DSQda ish jarayoni karantin standartlariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda: 

✔️qo‘mita binosiga kirganda barcha xodimlar harorati o‘lchanadi; 
✔️binoning ichida ham, tashqarisida ham muntazam ravishda sanitariya holati ta’minlangan; 
✔️har bir qavatda antiseptik vositalar mavjud; 
✔️barcha xodimlar tibbiy niqobda ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat olib bormoqda. 

❗️Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. 

Hurmatli fuqarolar! Sizlardan faqat rasmiy manbalar orqali berilgan ma’lumotlarga ishonishingizni so‘raymiz.

DSQ Matbuot xizmati

Kiritildi: 21:02 23.05.2020. O'qildi: 2922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!