Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Davlat organlarida ish vaqti va mehnat me’yorlari bo‘yicha talablar qayta ko‘rib chiqiladi

A A A
Davlat organlarida ish vaqti va mehnat me’yorlari bo‘yicha talablar qayta ko‘rib chiqiladi

Bu haqda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturining 10-maqsadida (Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish) keltirilgan.

Dasturning 37-bandida davlat organlarida ish vaqti va mehnat me’yorlari bo‘yicha talablarni qayta ko‘rib chiqish va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasi belgilgan.

▶️ Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yilning iyul oyiga qadar quyidagilar amalga oshiriladi:

➖ Davlat organlarida ish vaqti va mehnat me’yorlari bo‘yicha qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish va Xalqaro Mehnat Tashkiloti standartlari asosida takomillashtirish.

➖ Davlat fuqarolik xizmatida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishga oid samarali mexanizmlarni ishlab chiqish.

➖ Davlat fuqarolik xizmatida mehnat munosabatlaridagi huquqbuzarliklar uchun ta’sirchan choralarni belgilash.

➖ Moslashuvchan ish rejimi va faoliyatni masofaviy tashkil etish mexanizmlarini belgilaydigan tartib ishlab chiqish.

➖ Davlat fuqarolik xizmatida mehnatni muhofaza qilishda monitoring faoliyatini joriy etish.

➖ Monitoring faoliyatida davlat organlari, xususan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining vakolatlari hamda funksiyalarining aniq chegarasini belgilash.

✅ Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun mas’ul ijrochilar etib — Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi belgilangan.

Kiritildi: 11:41 29.01.2022. O'qildi: 3381 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!