Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi

Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari tug‘risidagi Hukumat qarori (208–son, 20.05.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga ma’sul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.

Mazkur xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul hisoblanadi.

Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam bo‘lmasligi lozim, kursni ta’momlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan o‘tkaziladi.

Malaka oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

2023 yil 1 avgustdan davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.

Kiritildi: 11:46 22.05.2023. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!