Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi

A A A
“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi

“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-907-son, 14.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰 Unga ko‘ra, xususiylashtiriladigan davlat mulki ob’ektlari quyidagilardan iborat:

🔹davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari;
🔹davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);
🔹davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari.

📋 Davlat mulki, to‘liq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin. (Bundan davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno)

🏢 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

💰Xususiylashtiriladigan davlat mulkining boshlang‘ich narxi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.

✅ Davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi:

➖auksion;
➖tanlov savdolari;
➖muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;
➖raqobatga asoslangan muloqot;
➖birja savdolari;
➖davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
➖davlat ulushlarini va davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
➖davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.

📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: 16:11 15.02.2024. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!