Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining bepul ko‘magi orqali, shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.
Davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
▫️14 yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota-ona, ko‘p bolali oilalardagi ota-onalar;
▫️maktablar, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlarni tugatgan yoshlar;
▫️“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek OTMning grant asosidagi bitiruvchilari;
▫️Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmatining qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar;
▫️nogironligi bo‘lgan shaxslar;
▫️pensiyaoldi yoshidagi shaxslar;
▫️jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar;
▫️odam savdosidan jabrlanganlar.