“Davlat fuqarolik xizmatchisi” test savollari to‘plami dan 56 ball olgan nomzod 3 oy davomida boshqa test sinovi bosqichida ishtirok etmaydi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma’lum qildi.
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tajribali ekspertlarni jalb qilgan holda ochiq tanlovlar jarayonida nomzodlarning bilimini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari uchun mo‘ljallangan yagona “Davlat fuqarolik xizmatchisi” test savollari to‘plami ishlab chiqdi.
Test savollari to‘plami quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
🔘 milliy qonunchilik;
🔘 davlat tili;
🔘 axborot kommunikasiya texnologiyalari;
🔘 mantiq, ya’ni IQ.
Test sinovi davomida nomzodga yuqoridagi har bir yo‘nalish bo‘yicha 10 tadan jami 40 ta savol havola etiladi hamda javoblarni belgilash uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
Nomzodlar tomonidan test sinovi jarayonida 56 ball to‘plangan taqdirda, ular 3 oy davomida tanlovlarning test sinovi bosqichida ishtirok etishlari shart bo‘lmaydi.