Harbiy xizmat muddati faqat Rossiya fuqaroligini olgan shaxslar uchun oshirilishi mumkin. Bular asosan mehnat muhojirlari bo‘lib, ular hozirda majburiy ravishda urushga jo‘natiladi va deyarli har hafta “hujjatlarni tekshirish” niqobi ostida reydlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Rossiya fuqaroligini oluvchilar uchun harbiy ro‘yxatdan o‘tishni majburiy qilish taklif etilgan.
Davlat Dumasi tuzatishlarni joriy sessiya tugagunga qadar, ya’ni 5 avgustgacha qabul qilishni rejalashtirmoqda. Hozirda Rossiya Federasiyasida muddatli harbiy xizmat muddati bir yilni tashkil etadi.