Qo‘shma Shtatlar endi Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi rolini bajarmaydi, dedi AQSh Davlat departamenti vakili Temmi Bryus.
"Biz vositachi bo‘lmaymiz. Biz uchrashuvlarni boshqarish uchun bir zumda dunyoning narigi chekkasiga uchib bormaymiz," - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Bryusning qo‘shimcha qilishicha, hozir ish ikki tomon o‘rtasida olib borilishi kerak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati Rossiya va Ukraina mojaroni hal qilish bo‘yicha o‘z g‘oyalarini taqdim etish vaqti keldi, deb hisoblaydi.