Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Davlat chegarasini noqonuniy buzib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslarga hukm o‘qildi

A A A
Davlat chegarasini noqonuniy buzib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslarga hukm o‘qildi

2024 yil qish mavsumi bo‘lishiga qaramasdan B.S. ismli shaxs Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi A.D ismli shaxs bilan oldindan til biriktirgan holda uni davlat chegarasidan noqonuniy o‘tkazib qo‘yish evaziga 200 AQSh dollarga kelishib oladilar.

Ular davlat chegarasini buzib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Natijada, 2025 yilning yanvar oyida ularga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tumani sudi tomonidan JKning 223-moddasi 2-qismi «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 3 yil 6 oy muddatga ozodlik cheklash jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 10:41 25.01.2025. O'qildi: 1400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!